Vladimir Norov Belarus Elchisini qabul qildi

    Xalqaro hamkorlik 29 Iyun 2022 1338

    2022-yil 29-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Belarus Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinichni qabul qildi.

    Boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida turli sohalardagi Oʻzbekiston-Belarus hamkorligining dolzarb masalalari muhokama etildi.

    Tomonlarning xalqaro institutlar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorligiga alohida eʼtibor qaratildi.

    Ikki va koʻp tomonlama shakllarda boʻlajak qoʻshma tadbirlar jadvali va ularning tashkiliy jihatlari koʻrib chiqiladi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.