Siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Vazirlar iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish muhimligini taʼkidladilar, “Finnpartnership” koʻmagida 2022-yil 1noyabrda Toshkent shahrida Finlyandiyaning qator kompaniyalari ishtirokida “yashil” texnologiyalar, energetika, suv xoʻjaligi, qurilish materiallari sohasida oʻtkazilgan biznes-forumning samarali natijalarini olqishladilar. Ikki mamlakat ishbilarmon doiralari, jumladan, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Finlyandiyaning “EastCham Finland” kompaniyasi oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish zarurligi taʼkidlandi.

Ekspertlarning oʻzaro tashriflarini tashkil etish, oʻqituvchi va talabalar almashinuvi dasturlari, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish orqali taʼlim sohasida hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Vazirlar BMTning Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻp sheriklik Trast fondi doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashdilar.

Parlamentlararo muloqotni faollashtirish va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekani tasdiqlandi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Shuningdek, xalqaro kun tartibidagi ayrim masalalar koʻrib chiqildi.