I.Darchiashvili Gruziya Bosh vaziri Irakli Garibashvili boshchiligidagi delegatsiya tarkibida mamlakatimizga kelgan.
Muzokaralar chogʻida Gruziya tashqi ishlar vaziri mamlakatimizda Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlarni yuqori baholadi. Gruziyaning Oʻzbekiston bilan barcha sohalarda keng koʻlamli hamkorlikni rivojlantirish tarafdori ekanligi taʼkidlandi.
Tomonlar davlatlararo hamkorlikning dolzarb masalalarini atroflicha muhokama qildilar. Siyosat, iqtisodiyot, transport, turizm va madaniyat sohalaridagi aloqalarni jadallashtirish boʻyicha aniq takliflar koʻrib chiqildi.
Transport-tranzit sohasida oʻzaro hamkorlik uchun salmoqli salohiyat mavjudligi qayd etildi. Xususan, Oʻzbekiston logistika markazlari va Gruziya dengiz portlaridan tovarlarni eksport qilish va import qilishda samarali foydalanish, yuklarni tashishda oʻzaro asnoda chegirmalar va imtiyozlar berish, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazni bogʻlaydigan transport yoʻlaklari tizimini yaratish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.
Tomonlarning xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlikni davom ettirishga tayyorligi taʼkidlandi.
Madaniy-gumanitar almashinuvlarni jadallashtirish maqsadida Oʻzbekiston va Gruziya madaniyat va kino kunlarini oʻtkazish, shuningdek, birgalikda ilmiy-texnik tadqiqotlarni amalga oshirish boʻyicha kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston Respublikasi va Gruziya Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2022-2024-yillarga moʻljallangan Hamkorlik dasturi imzolandi.
****
Muzokaralar natijalari Oʻzbekiston va Gruziya tashqi siyosat idoralari rahbarlarining OAV vakillari uchun matbuot uchun bayonotida eʼlon qilindi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.