Uchrashuvda Oʻzbekiston yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazi direktori Mehroj Rashidov, “AI com” kompaniyasi rahbari Ulugʻbek Ismatov, “ Tass vision” asoschisi Shaxzod Umirzakov, “GPTuzAI” kompaniyasi direktori Rozmat Safarov va boshqalar ishtirok etdi.

Soha vakillari oʻz faoliyati haqida maʼlumotlarni taqdim etib, loyihalar taqdimotini oʻtkazdilar.

Interaktiv muloqot davomida Vazirlik markaziy apparati va xorijiydagi diplomatik muassasalar faoliyatiga zamonaviy IT-texnologiyalarni joriy etish, diplomatiya sohasida, ayniqsa konsullik-huquqiy xizmatlar koʻrsatishda sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish, “Big Data” ni saqlash va qayta ishlash, AKT sohasidagi xalqaro hamkorlikni faollashtirish masalalari muhokama qilindi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Davlat-xususiy sheriklik asosida qoʻshma IT-platforma yaratish masalasini ishlab chiqish boʻyicha kelishib olindi. Mazkur platformaning asosiy maqsadi oʻzaro fikr va tajriba almashish, shuningdek raqamlashtirish sohasida aniq amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iboratdir.