Vladimir Norov Jozep Borrel bilan telefon orqali suhbatlashdi

    Xalqaro hamkorlik 5 Iyul 2022 1265

    2022-yil 4-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili Jozep Borrel bilan telefon orqali muloqot qildi.

    Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida tomonlarni qiziqtirgan sohalarda hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

    Joriy yil mamlakatimizda oʻtkazilishi kutilayotgan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” shaklidagi oʻzaro bogʻliqlik va barqaror rivojlanishni mustahkamlash boʻyicha vazirlar konferensiyasi hamda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bilan bogʻliq masalalar muhokama etildi.

    Yevropa tomonining 2022-yil 25-26 -iyul Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferensiyada ishtirokiga alohida eʼtibor qaratildi.

    Yevropa tomoniga Qoraqalpogʻistondagi mavjud holat, vaziyatni beqarorlashtirishga yoʻl qoʻymaslik, hududda tinchlik, osoyishtalik va jamoat xavfsizligini taʼminlash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.