Muloqotda soʻnggi yillarda Oʻzbekiston-Rossiya parlamentlararo aloqalar va almashuvlarini salmoqli darajada jadallashtirib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bu ikki mamlakatning strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilayotgani eʼtirof etildi.
Ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlarining oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishdagi faol ishtirok etishi hamda parlament diplomatiyasi imkoniyatlaridan kengroq foydalanishning muhimligi qayd etildi.
Tomonlarning xalqaro parlamentlararo tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyorligi taʼkidlandi.
Rossiya tomoni Oʻzbekistonda Asosiy qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, Konstitutsiyaviy islohotlarning asosiy yoʻnalishlari va oʻzgarishlar yuzasidan jamoatchilik muhokamasi jarayoni bilan tanishtirildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.