Oʻzbekiston-Xitoy munosabatlarini hamda mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha fikr almashildi.

Sindao shahridagi “Xitoy – SHHT” Pilot zonasi va Samarqand shahridagi “Oʻzbekiston – SHHT” sanoat zonasi oʻrtasida aloqalarni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

Ikki mamlakatning turli sohalardagi har tomonlama strategik sherikligini yanada mustahkamlash istiqbollari, jumladan, XXR raisi Si Szinpinning 2022-yil sentyabr oyida Oʻzbekistonga davlat tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

Ikki tomonlama munosabatlarda mintaqalararo hamkorlik alohida oʻrin tutgani barobarida, Sindao Oʻzbekiston shaharlari bilan rishtalarni qoʻllab-quvvatlashga tayyorligi taʼkidlandi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovga 2019-2021-yillarda SHHT Bosh kotibi lavozimida ishlagan davrida “Xitoy – SHHT” Pilot zonasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun “Sindao shahrining faxriy fuqarosi” unvonini berish toʻgʻrisidagi guvohnoma topshirildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.