Vladimir Putin Dalniy Vostok tadbirkorlari bilan uchrashuvda Rossiya iqtisodiyotining muvaffaqiyatlarini baholadi. Rossiya Prezidentining so'zlariga ko'ra, mamlakat iqtisodiyoti xarid qobiliyati pariteti bo'yicha Yevropada birinchi, dunyoda esa beshinchi o'rinni egalladi.
Putinning ta'kidlashicha, Rossiya har tomondan “bo'g'ilib, ezilib ketayotganiga” qaramay, muvaffaqiyatlarga erishildi. Sanksiyalarga qaramay, mamlakat Germaniyani ortda qoldirdi va dunyoda beshinchi o'rinni egalladi: Xitoy, AQSh, Hindiston, Yaponiya, Rossiya. Yevropada esa birinchi o'rinda, dedi Rossiya rahbari.
Shu bilan birga, Putin Rossiyada bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar borligini tan oldi. Prezidentning so'zlariga ko'ra, mamlakat xarid qobiliyati pariteti bo'yicha butun Yevropani ortda qoldirganiga qaramay, Rossiya iqtisodiyoti aholi jon boshiga to'g'ri keladigan ko'rsatkich bo'yicha hamon orqada qolmoqda, deb xabar beradi tvc.ru.