Davlat rahbarlari Rossiya va AQSh fuqarolarini almashish masalalarini muhokama qilishdi. AQSh Prezidenti Amerika tomoni erishilgan barcha kelishuvlarni bajarishiga ishontirdi.

Ukraina masalasini tartibga solish mavzusi ham muhokama qilindi. Donald Tramp jangovar harakatlarni tezroq tugatish va muammoni tinch yo'l bilan hal etish tarafdori ekanini aytdi. Vladimir Putin, o'z navbatida, mojaroning asl sabablarini bartaraf etish zarurligini eslatib o'tdi va tinch muzokaralar orqali uzoq muddatli kelishuvga erishish mumkinligi haqidagi Donald Trampning fikrga qo'shildi.

Rossiya Prezidenti, shuningdek, Amerika davlati rahbarining mamlakatlar hamkorlik qilish vaqti kelgani haqidagi asosiy tezislaridan birini qo'llab-quvvatladi.

Suhbat chog'ida Yaqin Sharqdagi vaziyatni tartibga solish, Eron yadro dasturi, shuningdek, iqtisodiy sohadagi ikki tomonlama Rossiya-Amerika munosabatlari mavzulari ko'rib chiqildi.

Rossiya Prezidenti AQSh Prezidentini Moskvaga tashrif buyurishni taklif qildi va amerikalik rasmiylarni Rossiyada tomonlarni qiziqtirgan sohalar, jumladan, Ukraina muammosi bo'yicha qabul qilishga tayyorligini bildirdi.

Vladimir Putin va Donald Tramp shaxsiy aloqalarni davom ettirishga, jumladan, shaxsiy uchrashuvlar tashkil etishga kelishib olishdi, deb xabar beradi kremlin.ru.