“Rossiyada Oʻzbekiston turizmi yili” munosabati bilan tashkil etilgan tadbir doirasida mehmonlar Sharq mehmondoʻstligining betakror muhitiga shoʻngʻishlari mumkin boʻladi.
“Fetisov Arena”ga kirishda haqiqiy oshxona tashkil etiladi, u yerda har bir kishi Oʻzbekistonning milliy taomi — palovning tayyorlanish jarayonini guvohi boʻlishi va, albatta, uni tatib koʻrishi mumkin boʻladi.
Turizm qoʻmitasi delegatsiyasi mamlakat madaniyati va anʼanalarini yaxshiroq tushunish imkonini beruvchi koʻplab tadbirlarni tayyorladi.
Axborot stendlari Oʻzbekistonning sayyohlik imkoniyatlari haqida maʼlumot beradi, shuningdek, tashrif buyuruvchilar esdalik sovgʻalarini olish imkoniyatiga ega boʻladi.
Shuningdek, barcha xohlovchilar omadni sinab koʻrishlari va qimmatbaho sovgʻalarni yutib olishlari mumkin, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.
Loyiha Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash va turizmni rivojlantirishga qaratilgan.