Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasining turizm salohiyati, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, “yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish va hududlararo hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama etildi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.
Eslatib oʻtamiz, Vladivostokda “Rossiyada Oʻzbekiston turizmi yili” doirasida boʻlib oʻtgan xokkey oʻyinida Oʻzbekiston delegatsiyasi respublikaning turizm salohiyatini namoyish etgan edi.