Xizmat vazifasini bajarib kelayotgan Vobkent tumani IIB profilaktika inspektori, kapitan Amrillo Rasulov Temir oʻgʻli mazkur holatga guvoh boʻlib, zudlik bilan chora koʻrdi. U oʻz hayotini xavf ostiga qoʻygan holda fuqaroni qutqarib, sohilga olib chiqdi.

Maʼlum boʻlishicha, qutqarib qolingan fuqaro Gijduvon tumanidan boʻlib, 4 nafar farzandning onasi ekani aniqlangan.

Hodisa joyiga chaqirilgan tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan fuqaro tuman shifoxonasiga yetkazilgan. Shifokorlar saʼy-harakatlari bilan uning hayoti saqlab qolingan, hozirda ahvoli qoniqarli.

Mazkur holatda kapitan Amrillo Rasulovning tezkorligi va jasorati inson hayotini asrab qolishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Uning bu harakati xizmat burchiga sadoqat va haqiqiy fidoyilik namunasi sifatida eʼtirof etildi.