U daryoning muzdek suviga oʻzini tashlab, oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻlgan 4 nafar farzandning onasini soʻnggi soniyalarda qutqarib qoldi.

Oʻz hayotini xavf ostiga qoʻyib, fidoiylik koʻrsatgan Vobkent tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi inspektori, kapitan Rasulov Amrillo Temir oʻgʻli IIV tomonidan munosib taqdirlanibdi.

Taʼkidlanishicha, Ichki ishlar vazirining buyrugʻiga asosan, favqulodda vaziyatda koʻrsatgan jasorati, qatʼiyati va kasbiga sadoqati uchun kapitan Amrillo Rasulovga muddatidan oldin “mayor” maxsus unvoni berildi.

Bu kabi mard xodimlarimizning fidokorona xizmati tizimning shaʼni va xalqimiz osoyishtaligining mustahkam kafolatidir.