Energetika vazirligi bu xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Taʼkidlanishicha, ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas va fuqarolardan bu kabi tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmaslik soʻraldi.
Respublika boʻyicha, xususan, vodiy viloyatlaridagi AGTKSHlari faoliyati mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan jadvallarga asosan davom etadi.
Oʻz navbatida, ijtimoiy tarmoq vakillaridan bu kabi asossiz va tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmasliklarini soʻraymiz.