Qayd etilishicha, uchrashuvda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, mavjud reyslar sonini oshirish va Oʻzbekiston aeroportlariga yangi yoʻnalishlar ochish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tashuvchi mavjud yoʻnalishlar chastotasini haftasiga yetti martagacha oshirish masalasini koʻrib chiqmoqda. Hozirda “China Southern Airlines” aviakompaniyasi Toshkentdan Pekinga (haftasiga 4-marta) va Toshkentdan Urumchiga (haftasiga 5-marta) parvozlarni amalga oshirib kelmoqda.
Shuningdek, “Uzbekistan Airports” kompaniyasi Andijon, Namangan va Fargʻona aeroportlaridan Xitoy shaharlariga yangi yoʻnalishlarni ochishni taklif qildi.