Osiyo voleybol konfederatsiyasining yillik musobaqalar taqvimiga kiritilgan ushbu xalqaro turnirda Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari, yaʼni Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afgʻoniston hamda Oʻzbekistonning 17 yoshgacha boʻlgan qizlar terma jamoalari gʻoliblik uchun bahs olib borishadi.

Shuningdek, musobaqa doirasida xalqaro ekspertlar ishtirokida yurtimizda sohil voleybolini rivojlantirish maqsadida seminar ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Musobaqa tashkilotchilari: Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, FIVB, AVC (Asian volleyball confederation), OKMK, Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi.