Bu boʻyicha Adliya vazirligi xabar berdi.
Qarorga koʻra, 2025-yildan har yili anʼanaviy tarzda quyidagilar oʻtkazib boriladi:
— oliy taʼlim muassasalari talabalari, professional taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida "Volleyball stars" Oʻzbekiston kubogi;
— vazirlik va idoralar xodimlari oʻrtasida 3 bosqichli (tuman (shahar) – viloyat – respublika) voleybol sport turlari boʻyicha "Yangi Oʻzbekiston" respublika musobaqasi;
— umumiy oʻrta taʼlim muassasalari yuqori sinf oʻquvchilari oʻrtasida 3 bosqichli Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi kubogi;
— nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida para voleybol sport musobaqalari.
Shuningdek, 2025-yildan har ikki yilda bir marta voleybol boʻyicha Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi (CAVA)ga aʼzo davlatlar oʻrtasida "Buyuk Ipak yoʻli" xalqaro turniri oʻtkazib boriladi.
Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati Voleybol sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internati sifatida qayta tashkil etiladi.