Unda Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etyapti, deya xabar beradi Milliy Olimpiya qoʻmitasi axborot xizmati.

“S” guruhidan o‘rin olgan jamoamiz bugun Xitoyga qarshi 2-tur uchrashuvini o‘tkazdi. Tajriba va mahorat bobida ustun bo‘lgan xitoyliklar bahsda 3:0 (25:14, 25:18, 25:16) hisobida g‘alabaga erishdi. Afsuski, ushbu bellashuvdan keyin jamoamiz keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini pasaytirib yubordi. Boisi Avstraliyaga qarshi kechgan 1-turda ham yigitlarimiz 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi.

Endi jamoamiz guruhdagi so‘nggi turni ertaga Quvaytga qarshi o‘tkazadi. Qayd etish joiz, jamoamiz 12 yillik tanaffusdan keyin ilk bor qit’a birinchiligida qatnashmoqda.