Bu haqda viloyat gubernatori Andrey Bocharov ma'lum qildi.
“Gremyachaya – Kotelnikovo uchastkasining qo'riqlanmaydigan o'tish joyida 491-sonli Qozon – Adler poyezdi yuk mashinasi bilan to'qnashib ketdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 20 ta vagondan 9 ta vagon va elektrovoz relsdan chiqib ketdi. Poyezdda 812 kishi bo'lgan. Hozirda jabrlanganlar haqidagi ma'lumotlar aniqlanmoqda. Voqea joyida barcha favqulodda xizmatlar ishlayapti. Tezkor shtab tuzildi”, deya viloyat gubernatorining so'zlaridan iqtibos keltiradi viloyat hokimligining Telegram-kanali.
Favqulodda vaziyat munosabati bilan viloyat rahbari tezkor yig'ilish o'tkazdi. Qayd etilishicha, voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda, vaziyat viloyat hokimligi tomonidan alohida nazoratga olingan, deb xabar beradi tass.ru.
Evakuatsiya qilingan yo'lovchilar ikkita ijtimoiy muassasaga joylashtiriladi, deb xabar qildi Kotelnikovskiy tumani ma'muriyati matbuot xizmati.