Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi. Yong'in uchuvchisiz uchish qurilmasi hujumidan keyin sodir bo'ldi.
“Soat 03:40 da Kalach-na-Donudagi neft bazasidagi yong'in o'chirildi... Halok bo'lganlar va jarohatlanganlar yo'q”, deyiladi Volgograd viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi saytida chop etilgan press-relizda.
Kecha, 9-iyul kuni hududga uchuvchisiz uchish qurilmasi qoldiqlari tushishi oqibatida Frolovo shahridagi podstansiya va Kalach-na-Donu shahridagi neft ombori yonib ketdi. Podstansiyadagi yong'in tezda o'chirildi va hech kim jabrlanmadi. Mash telegram kanalining yozishicha, neft omboriga kamida beshta dron hujum qildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining aniqlik kiritishicha, benzin solingan bir necha konteyner yonib ketgan, deb xabar beradi kommersant.ru.