Voronejda kuchli yong'in va portlashlar yuz berdi

    Tashvishli xabar 7 Iyul 2024 240

    Rossiyaning Voronej viloyatidagi “portlovchi vositalar” omborida kuchli yong'in va portlashlar yuz berdi.

    Viloyat gubernatori Aleksandr Gusevning so'zlariga ko'ra, Podgorenskiy tumanida urib tushirilgan Ukrainaga tegishli dronning parchalari kelib tushishi natijasida omborda yong'in boshlangan.

    Ombordagi portlovchi vositalar portlashni boshlangach, hududda favqulodda holat joriy etilgan. Mahalliy aholi vaqtinchalik joylashtirish markazlariga evakuatsiya qilinmoqda.

    Gusev ushbu omborda nimalar saqlanganini ma'lum qilmagan. Biroq, Ukraina manbalariga ko'ra, taxminan 9000 kvadrat metr maydondagi omborda “er-er” va “er-havo” tasnifidagi raketalar, shuningdek, tank va artilleriya snaryadlari saqlangan.