VVS talqini boʻyicha laureatlar aniqlandi

    Ular Erling Holand, Xosep Gvardiola va “Manchester Siti”

    VVS oʻz talqini koʻra, har yili turli sport turlari boʻyicha yil sportchisi, yil murabbiyi va yil jamoasini aniqlaydi. Kuni kecha oʻtayotgan yilimizning laureatlari nomi maʼlum boʻldi..

    Norvegiyalik 23 yoshli futbolchi Erling Holand yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi. Bu sovringa amerikalik gimnastikachi Simona Bayls, “Barselona” ayollar jamoasi aʼzosi Aytana Bonmati, tennischi Novak Jokovich, Janubiy Afrika regbi jamoasi sardori Siya Kolasi va “Formula-1” boʻyicha jahon chempioni Maks Ferstappen ham daʼvogar edi.

    VVS talqiniga koʻra Xosep Gvardiola eng yaxshi murabbiy, “Manchester Siti” esa eng yaxshi jamoa deb eʼtirof etildi.