WBA reytingi yangilandi, to‘rt nafar o‘zbek bokschisi birinchi o‘rinda!

    Butunjahon boks assosiatsiyasi (WBA) noyabr oyi yakunlariga ko‘ra yangilangan reytingni e’lon qildi.

    Ushbu reytingdan 7 nafar bokschimiz o‘rin olgan. Ayni paytda ularning 4 nafari o‘z vaznlarida peshqadamlik qilishmoqda.

    Bokschilarimizning o‘rni o‘tgan oydagi kabi - o‘zgarishsiz qolgan:

    Hasanboy Do‘smatov - (minimal vazn) 2-o‘rin;

    Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) 1-o‘rin;

    Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) - 1-o‘rin;

    Botir Ahmedov (super yengil vazn) - 7-o‘rin;

    Shahram Gʻiyosov (yarimo‘rta vazn) - 1-o‘rin;

    Isroil Madrimov (super yarim o‘rta vazn) - 1-o‘rin;

    Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn) - 6-o‘rin.