WBA Shahram Gʻiyosov — Jaron Ennis jangiga buyruq berdi

    Sport 23 Aprel 2025 1123

    Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) chempion Jaron Ennisga oʻz kamarini Shahram Gʻiyosovdan himoya qilishi kerakligi borasida buyruq berdi.

    WBA qoidalariga koʻra, Ennis 12-aprel kuni Staniosisni magʻlub etganidan soʻng 120 kun ichida kamarini Shahram Gʻiyosovdan himoya qilishi kerak. Hamyurtimiz bu holatda ikkita kamar uchun oʻtkazadi.

    Maʼlumot uchun, Jaron Ennis ayni paytda WBA va IBF kamarlari sohibi hisoblanadi. U soʻnggi jangida litvalik Eymantas Stanionisni muddatidan avval magʻlubiyatga uchratgan edi. Shahram Gʻiyosov esa 13-aprel tongida AQSHning Nyu-Jersi shtati, Atlantik Siti shahrida oʻtgan professional boks oqshomida argentinalik Franko Maksimiliano Okamponi toʻrtinchi raundda texnik nokautga uchratgandi.