WhatsApp dunyo bo'ylab millionlab foydalanuvchilarni yo'qotadi

    Yaqinda WhatsApp messenjeridagi shartlarni yangilash millionlab foydalanuvchilarni Signal i Telegram kabi muqobil xizmatlarga o'tishga majbur qildi, deb yozadi The Guardian.

    Britaniya parlamentining Ichki ishlar qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, yanvar oyining dastlabki uch haftasida dunyo bo'ylab 7,5 million kishi Signalga, 25 million foydalanuvchi Telegramga qo'shildi. Ikkala holatda ham o'sish WhatsApp foydalanuvchilari tarmoqni tark etishi bilan bog'liq edi, deya yozadi nashr.

    Xizmatdagi yangilanishlar tizimga foydalanuvchi xabarlarini o'qish va messenjerni o'z ichiga olgan Facebookga ma'lumot uzatish huquqini beradi. Geolokasiya, Facebookga tegishli dasturlarni o'rnatish va olib tashlash haqida ma'lumot ham shular jumlasidandir. Ammo WhatsApp 8 fevralga rejalashtirilgan yangi shartlarni joriy etishni kechiktirishga majbur bo'ldi.