WhatsAppda bir nechta yangi funksiyalar paydo bo'ldi

    WhatsApp chatlarni tozalash imkonini beruvchi yangi funksiyani takomillashtirmoqda. Endi foydalanuvchilar chatni to'liq tozalashdan oldin o'chirishni istamagan xabarlarni belgilashlari mumkin.

    “Chatni tozalash” optsiyasini tanlagandan so'ng, harakatni aniqlovchi ogohlantirish paydo bo'ladi va qurilma galereyasidan media fayllarni o'chirish imkoniyati ham mavjud.

    Yangi funksiyada chatni tozalashda qo'shimcha oyna paydo bo'ladi. Unda “Yulduzcha bilan belgilangan xabarlarni ham o'chirmoqchimisiz?” deb so'raladi. Bu muhim ma'lumotlar va zarur fayllarning tasodifiy o'chirilishining oldini olish uchun amalga oshiriladi.

    Bundan tashqari, foydalanuvchilar qaysi media fayllarni o'chirishni tanlashlari mumkin. Ya'ni, avvalgidek nafaqat “hamma narsani tozalash”, balki “faqat xabarlarni o'chirish”, “faqat media fayllarni o'chirish” yoki “ikkalasini ham o'chirish” opsiyalari ham mavjud. Tozalashni tasdiqlashdan oldin, WhatsApp o'chirilgan ma'lumotlar qancha xotira bo'shatilishini ko'rsatadi. Hozirda bu yangi funksiya faqat Android β versiyasida mavjud.

    Tarmoq oktabr oyida firibgarlardan himoya qilish uchun yana bir qancha o'zgarishlarni ham kiritdi.

    – Agar video qo'ng'iroq paytida ekraningizni notanish odamga ko'rsatishga harakat qilsangiz, ogohlantirish olasiz. Biz bilamizki, firibgarlar ba'zan odamlarni ekranlarini ko'rsatishga majburlash orqali bank rekvizitlari yoki tasdiqlash kodlari kabi shaxsiy ma'lumotlarni olishga harakat qilishadi. Ushbu yangi vosita foydalanuvchilarga firibgarliklarni aniqlash va oldini olish uchun qo'shimcha ma'lumot beradi, deyiladi Meta kompaniyasining rasmiy saytida.

    Bundan tashqari, WhatsApp fuqarolarga firibgarlik bilan shug'ullanadigan kontaktlarni aniqlashga ham yordam beradi.

    – Biz chatlarda firibgarlikni aniqlashning takomillashtirilgan usulini sinovdan o'tkazmoqdamiz. Agar bu usul yoqilgan bo'lsa va yangi kontakt sizga shubhali xabar yuborsa, siz ogohlantirish olasiz. Shuningdek, firibgarlik faoliyatini aniqlash uchun sun'iy intellekt orqali so'nggi chat xabarlaringizni tekshirishingiz mumkin bo'ladi. Agar shubhali faoliyat aniqlansa, sizga keng tarqalgan firibgarlik turlari haqida ma'lumot beriladi va hisobni bloklash yoki xabar berish kabi choralar ko'rish taklif qilinadi, dedi WhatsApp ishlab chiquvchilari.

    Bundan tashqari, Meta akkauntlar himoyasini yanada yaxshiladi. endi Facebook, Messenger va WhatsAppda Passkey yordamida akkauntingizga faqat o'zingiz kirish uchun shaxsingizni barmoq izi, yuz skaneri yoki PIN-kod yordamida tasdiqlashingiz mumkin. Shuningdek, Security Checkup (Facebook, Instagram) va Privacy Checkup (WhatsApp) vositalari sizga xavfsizlik va maxfiylik sozlamalarini ko'rib chiqishga, kerak bo'lganda parolingizni yangilashga va maxfiylik sozlamalarini sozlashga, masalan, sizni guruhga qo'shish parametrlarni tartibga solishga yordam beradi, deb xabar berdi oz.inform.kz.

    Avvalroq WhatsApp xabarlarni avtomatik tarjima qilishni joriy qilishi haqida xabar berilgan edi.