"Microsft" kompaniyasi "Windows CorePC" deb nomlangan yangi operatsion tizim loyihasi ustida ishlamoqda.
Loyihada video va foto tasvirlarni maxsus qo'shimcha dasturlarsiz sun'iy intellekt yordamida to'g'ridan-to'g'ri ko'rish va tahrirlash mumkin bo'ladi.
Shuningdek, sun'iy intellekt foydalanuvchiga qidiruv tizimlarida o'zining takliflarini kiritadi va suratdagi yozuvlarni matn ko'rinishiga o'tkazib bera oladi.
Yangi operatsion tizimni tashqi ta'sirlardan himoyalash maqsadida administratordan tizimning fayllarini o'chirib yuborish huquqi olib tashlangan. Bu haqida Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.