“Work and travel” dasturlarida ishtirok etuvchi talabalar uchun ssuda ajratiladi

    Hukumat qarori (290-son, 02.05.2025-y.) bilan 2025-yil 15-maydan “Work and travel” xalqaro dasturlari doirasida ishlash va sayohat qilish uchun xorijiy davlatlarga borish va kelish hamda boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida talaba yoshlarga ssuda ajratish tartibi joriy etiladi.

    Mazkur davlatlarga Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya kiritilgan.

    Har yili 2 000 nafargacha talaba yoshlarga BHMning 40 baravari miqdorida ssuda ajratiladi.

    Ssuda ajratish haqidagi arizalar davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

    Ariza beruvchi quyidagi xujjatlarni ilova qiladi:

    xorijiy davlatdagi ish beruvchi bilan ariza beruvchi oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi;

    • ariza beruvchi tomonidan ssuda qaytarilmaganda, ushbu mablagʻlarni qaytarish majburiyatini oʻz zimmasiga oluvchi kafil jismoniy shaxsning soʻnggi 12 oylik ish haqi toʻgʻrisida maʼlumot va qarz shartnomasi boʻyicha kafil boʻlishga rozilik arizasi — agar mavjud boʻlsa;
    • viza.

    Talaba ajratilgan ssudani xorijiy davlatdan kelganidan soʻng 1 oy muddatda qaytarish majburiyatini oladi.

    1 kalendar yil davomida 2 000 nafar ariza beruvchiga ssuda ajratish maʼqullangandan soʻng ariza qabul qilish toʻxtatiladi.

    Ssuda ajratilgunga qadar, biroq ketma-ketligi boʻyicha ssuda ajratilgan ariza beruvchilardan keyin ariza topshirgan shaxslar keyingi yil uchun roʻyxatga qoʻyilmaydi hamda kelgusi yilda qaytadan murojaat qiladi.

    Maʼlumot uchun: ssuda bu — qaytarish sharti bilan ajratiladigan foizsiz qarz.