Bu haqda Washington Post xabar berdi.

“AQSh hukumati Venesuela Prezidenti Nikolas Maduroni qo'lga olish bo'yicha shanba kungi harbiy amaliyot chog'ida 75 ga yaqin odam, jumladan, uning Karakasdagi qarorgohida yuz bergan otishmada o'nlab odamlar halok bo'lgan deb hisoblamoqda”, deya ma'lum qildi gazetaga, ism-sharifi oshkor etilmagan rasmiylar.

Nashr manbalaridan biri qurbonlar sonini kamida 67 kishi deb hisoblagan. Boshqa bir manba esa 75 dan 80 gacha odam halok bo'lganini da'vo qilmoqda, deb xabar berdi ria.ru.

WPning ma'lumotlariga ko'ra, qurbonlar orasida Kuba va Venesuela qo'shinlari, shuningdek, tinch aholi vakillari bor. Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel Maduroni himoya qilishda halok bo'lgan 32 nafar mamlakat fuqarolari xotirasiga ikki kunlik milliy motam e'lon qildi.