WSJ: AQSh Ukrainaga Qrimni Rossiyaniki deb tan olishni va NATOga a'zo bo'lish niyatidan voz kechishni taklif qildi

    Tinchlik rejasi doirasida AQSh Ukrainaga Qrimni Rossiyaniki deb tan olishni va NATOga a'zo bo'lish niyatidan voz kechishni taklif qildi. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) G'arb rasmiylari manbalariga tayanib yozmoqda.

    “Ukraina bu hafta [AQSh Prezidenti Donald] Tramp ma'muriyatining Rossiyaga yon berish orqali urushni qanday tugatish, jumladan, Rossiyaning Qrimni 2014-yilda anneksiya qilganini AQShning potensial tan olishi va Kiyevning NATOga a'zoligini rad etish haqidagi bir qator uzoqni ko'zlagan g'oyalariga javob berishi kerak”, deyiladi xabarda.

    Shu bilan birga, G'arb rasmiylarining qayd etishicha, AQSh rejasi 2022-yildan keyin Rossiya tarkibiga kirgan yangi hududlarni tan olishni nazarda tutmaydi. Biroq Vashington bu hududlardan rus qo'shinlarini olib chiqib ketishni talab qilmayapti.

    AQSh Davlat departamentining nomini oshkor etmagan vakiliga ko'ra, sanab o'tilgan talablar ultimatum emas va muhokama qilish uchun “potensial variantlar ro'yxati”ning bir qismidir. Vashington hozirda Kiyevdan javob kutmoqda. Materialda aytilishicha, u hafta oxirida Londonda bo'lib o'tadigan AQSh, Ukraina va Yevropa vakillarining uchrashuvida taqdim etilishi mumkin, deb xabar beradi lenta.ru.

    Avvalroq Bloomberg ham AQSh Moskva va Kiyev o'rtasidagi keng ko'lamli tinchlik bitimi doirasida Qrimni Rossiya deb tan olishga tayyorligini ma'lum qilgan edi.