Bunday xulosaga ega AQSh razvedkasi hisoboti AQShning sobiq Prezidenti Jo Bayden ma'muriyatining so'nggi kunlarida tayyorlangan, deb ta'kidlaydi WSJ.

Hisobotda o'tgan yili Eronning salohiyati pasayganidan keyin mintaqada harbiy harakatlar kuchayishi xavfi haqida so'z boradi. Isroil zarbalarni amalga oshirish uchun AQSh Prezidenti Donald Tramp ma'muriyatidan yordam olish niyatida. Tel-Aviv Tramp bunday taklifni qo'llab-quvvatlashiga ishonadi, deb yozadi gazeta. Isroil Eronning yadro qurolini yaratishiga yo'l qo'ymaslik uchun vaqt tugab qolayotganidan xavotirda.

Xuddi shu xulosaga ega ikkinchi razvedka hisoboti bevosita Tramp ma'muriyatiga yetkazildi. Harbiy ekspertlarning aytishicha, Isroil Eronning kuchli mustahkamlangan yadroviy inshootlariga zarba berish uchun Amerika yordamiga, jumladan, kuchli o'q-dorilar va texnik yordamga muhtoj bo'ladi, deya xulosa qiladi WSJ.

Ayni paytda Isroil Eronning yadroviy inshootlariga zarba berishi mumkin, dedi Tramp.

O'z navbatida, Islom inqilobi qo'riqchilari korpusining yadroviy inshootlari xavfsizligini ta'minlash bo'yicha bo'linmalari qo'mondoni Ahmad Haqtalab Eron Isroilning barcha yadroviy inshootlari joylashgan joyni aniqlagani va javob zarbasini berishga tayyorligini ma'lum qildi, deb xabar beradi vesti.ru.