Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga tayanib xabar berdi.

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, voqeadan sal oldin bir nechta Eron dronlari Kuvayt havo hududiga kirgan. Kuvayt kuchlari tepada bir nechta qiruvchi samolyotlarni ko‘rganlarida, ularni dushman deb adashtirishgan.

2-mart kuni AQSh Markaziy qo‘mondonligi Kuvayt havo mudofaasi tizimlari xatolik tufayli uchta AQSh qiruvchi samolyotini urib tushirganini xabar qildi. Samolyotlar qulab tushdi, oltita ekipaj a’zosi samolyotdan tushib qolishga muvaffaq bo‘lishdi, deb xabar berdi tass.ru.