WSJ: Tramp Eronga hujum qilish rejasini ma'qulladi, ammo hali buyruq bermadi

    17-iyun, seshanba kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp Eronga hujum qilish rejasini ma'qulladi, biroq uni amalga oshirish bo'yicha yakuniy buyruqni hali bermadi.

    Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga tayanib xabar bermoqda.

    Nashrning yozishicha, Tramp Isroilning Eron Islom Respublikasiga zarbalariga qo'shilish bilan tahdid qilish orqali Eronni yadro dasturidan voz kechishga majbur qila oladi, deb hisoblaydi.

    Ayni paytda Amerika ma'muriyati AQSh uchun bir nechta variantlarni ko'rib chiqib, harbiy operatsiyaning borishini kuzatishda davom etmoqda, deb xabar beradi news.rambler.ru.

    Avvalroq Tramp Eronga yakuniy talabnoma bilan murojaat qilib, uning mamlakati kuchlari yadroviy inshootlarga zarba berishi mumkinligini aytgan edi. Uning ta'kidlashicha, bu uranni boyitish bilan bog'liq markazlarga ham tegishli.

    Shu bilan birga, Tramp Eron bilan harbiy mojaroga aralashishni istamasligini, biroq Eron yadro quroliga ega bo'lmasligi kerakligini aytdi. AQSh Prezidentining so'zlariga ko'ra, Eron yadro dasturi bo'yicha kelishuvga erishish avvalgidan ham qiyinroq bo'lsa-da, muzokaralar uchun eshik hali ham yopilgan emas.