X virusi: JSST yangi pandemiyaga tayyorgarlik koʻra boshladi

    Necha yillarki, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti e'tiborni kuchaytirish kerak bo'lgan kasalliklar va viruslar ro'yxatini tuzib kelmoqda.

    Mazkur roʻyxatda Ebola va Zika kasalliklari ham boʻlgan, 2018-yili pandemiyaga olib kelishi mumkin “X kasallik” deb nomlangan virus ham qoʻshilgandi. Ikki yil oʻtar-oʻtmas COVID aynan xuddi shunday kasallik sifatida tan olindi.

    Endilikda tadqiqotchilar odamlar uchun potensial xavf tugʻdiradigan boshqa patogenlarni tahlil qilishmoqda. Avvalo, mutaxassislar roʻyxatga hayvon viruslarini kiritdilar. Ulardan taxminan bir yuz yigirmatasi odamlar uchun xavf tugʻdiradi va maymun chechagi buning yaqqol misoli boʻldi.

    Yaqin kelajakda mutatsion gibrid yoki bakterial infeksiya tufayli pandemiya paydo boʻlishi mumkin. Shu bois ham mutaxassislar virus prototiplari uchun vaksinalar va dori-darmonlarni ishlab chiqishni taklif qilmoqdalar.