Xabar oʻz tasdigʻini topmadi, xavotirga asos yoʻq — Toshkent shahar IIBB

    Xavfsizlik 6 Iyul 2022 1437

    Toshkent shahar IIBB axborot multimedia markazining xabar qilishicha, nomaʼlum shaxslarning portlovchi modda oʻrnatayotgani haqidagi xabari oʻz tasdigʻini topmadi.

    Xabarda aytilishicha, shu yilning 6-iyul kuni soat 08.56 da Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga Yashnobod tumanidagi “Zoʻr TV” telekanali joylashgan hududda 2 nafar nomaʼlum shaxs portlovchi modda oʻrnatayotganini maʼlum qilgan.

    Mazkur xabar asosida zudlik bilan Toshkent shahar IIBB xodimlari va boshqa mutaxassislar voqea joyiga yetib bordi. Hudud oʻrganilganda portlovchi yoki hayot uchun xavfli boʻlgan boshqa moddalar aniqlanmadi, xabar oʻz tasdigʻini topmadi, xavotirga asos yoʻq.

    "Hozirda “Zoʻr TV” telekanali oʻz ish faoliyatini doimgidek olib bormoqda. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

    Shubhali holatga befarq boʻlmagan fuqarolarga minnatdorchilik bildiramiz", deyiladi rasmiy maʼlumotda.