“Xafa boʻldim” deb OAVda chiqishdan avval hokimlikka murojaat qilish maqsadga muvofiq" — Toshkent shahar hokimligi

    Mamlakatimizda 28 Sentabr 2021 1104

    Toshkent shahar hokimligi Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Olimjon Oʻsarovning “5 yildan beri Prezident qarori ijrosi taʼminlanmayapti” degan eʼtirozi yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

    Soʻnggi yillarda jurnalist va ijodkorlarga alohida eʼtibor qaratilib, koʻplab imkoniyat va imtiyozlar yaratilmoqda. Prezidentning 2017-yil 10-avgustdagi “Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida ham ijodkorlar uchun mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash va imtiyozlar belgilangan.

    Xususan, qarorda Toshkent shahar hokimligiga ham maʼlum vazifalar yuklatilgan.

    2021-yilning 23-sentyabr kuni qator OAVlari Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon Oʻsarovning “5 yildan beri Prezident qarori ijrosi taʼminlanmayapti” degan fikrlarini keltirgan.

    Toshkent shahar hokimligi Prezidentning yuqoridagi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oʻsha yilning oʻzidayoq tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirgan.

    Jumladan, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Islom Karimov koʻchasi, 16-A uy binosi

    Islom Karimov koʻchasi, 16-A uy
    Islom Karimov koʻchasi, 16-A uy

    boshqa davlat idoralari bilan toʻlganligi sababli, Jurnalistlar ijodiy uyushmasiga Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari N. Maksumov tomonidan imzolangan xat (2018-yil 6-iyulda 03-780 sonli)ga asosan uchta bino taklif etilgan.

    Xususan, Shayxontohur tumani, Furqat koʻchasi 1-uy manzilidagi bino

    Furqat koʻchasi 1-uy
    Furqat koʻchasi 1-uy

    Mirzo Ulugʻbek tumani Mustaqillik shohkoʻchasi 71-uy manzilida joylashgan binoning 4-qavati

    Mustaqillik shoh koʻchasi 71-uy
    Mustaqillik shoh koʻchasi 71-uy

    va Yashnobod tumani 22-harbiy shaharchada joylashgan bino shular jumlasidandir.

    Ammo Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi taklifga nisbatan hech qanday javob bermaganligi sababli oʻsha paytda bu masala ochiq qolgan.

    Hozirgi kunda bu uchta taklif ham oʻz kuchini yoʻqotgan. Sababi shaharda katta obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Koʻplab binolar buzildi, koʻplarining oʻrniga yangilari bunyod etildi. Buni Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Olimjon Oʻsarov bilishi, yuqoridagi masala yuzasidan fikr bildirishdan avval masalani oʻrganishi lozim edi.

    Toʻgʻri, Olimjon Oʻsarovning uyushmaga rahbar boʻlganiga endi toʻrt oy boʻldi. Bu vaqt mobaynida hamma narsaga ulgurish, hamma narsani bilish qiyin. Ammo “xafa boʻldim” deb OAVda chiqishdan avval Toshkent shahar hokimligiga murojaat qilishi maqsadga muvofiq boʻlgan boʻlardi.