Xalokov final va Olimpiada litsenziyasini qoʻlga kiritdi

    Sport 4 Oktabr 2023 1191

    Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Abdumalik Xalokov ham finalchilar qatoridan joy oldi.

    -57 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan yurtdoshimiz yarim finalda xitoylik Ding Lyuni 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.

    Ushbu gʻalaba final bilan birga yurtdoshimizga Parij-2024 yoʻllanmasini ham taqdim qildi.