Xalq bilan muloqot bugun davlat idoralarining eng ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Maqsad - xalq dardini tinglash, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish va muammolarini oʻz vaqtida hal etishdir.

Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi xodimlari Sardoba tuman tibbiyot birlashmasiga boʻlib, bemorlarga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini va aholidan tushgan murojaatlar tahlilini oʻtkazishdi.

Unga koʻra, joriy yilning 1-iyuldan 10-noyabrgacha boʻlgan muddatda 66 ta murojaat kelib tushgan. Jumladan, 20 nafar fuqaro nogironlik nafaqasi, 1 nafar fuqaro operatsiya, 12 nafari sogʻligini tiklash uchun qoʻshimcha dori-darmon soʻrab, 12 ta nafari respublika, viloyat tibbiyot muassasalariga order soʻragan. Shuningdek, 5 nafar fuqaro tibbiyot xodimlari ustidan shikoyat qilgan boʻlsa, 3 nafari tibbiyot birlashmasiga ishga kirish istagini bildirgan.