Prezidentning tegishli Farmonga koʻra, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga quyidagi vakolatlar oʻtkaziladi.
Jumladan;
- davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini belgilash;
- dafn etish joylarini saqlash qoidalarini va dafn etish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tariflar miqdorini tasdiqlash;
- yoʻllarning ayrim qismlarida harakatlanish tezligini oshirishga yoki kamaytirishga (tegishli yoʻl belgilari oʻrnatib) ruxsat berish.
Byudjet loyihasini ishlab chiqishda mahalliy byudjet xarajatlarining muayyan qismi mahalliy Kengash deputatlarining bevosita tashabbusi asosida shakllantiriladi.
Bundan tashqari, “E-Kengash” elektron platformasi “qulaylik – soddalik – xavfsizlik” tamoyili asosida doimiy takomillashtirib boriladi.









