Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlar va oʻzgarishlar zamirida yurt tinchligi, xalqimiz manfaati va farovonligini taʼminlash maqsadi yotadi. Shu maqsadni roʻyobga chiqarish uchun yurtimizda yetarlicha qonuniy asoslar yaratilib, koʻplab huquqiy hujjatlar qabul qilingan.

Prezidentimiz Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligi munosabati bilan yoʻllagan bayram tabrigida ham “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir” degan konstitutsiyaviy norma asosida mamlakatimizda xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qiladigan samarali va barqaror tizim shakllanmoqda», deya alohida taʼkidlab oʻtdi.

Bu tamoyilning amaldagi ijrosini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlardagi Xalq qabulxonalari faoliyatida ham koʻrish mumkin.

Qorakoʻl tuman Xalq qabulxonasi hududdagi barcha davlat tashkilotlari, fuqarolar muammolari bilan ishlaydigan rahbarlar, boshqaruv organlari bilan samarali hamkorlik qilib kelayotir. Ayniqsa hududiy sektorlar, viloyat hokimligining barcha boshqarmalari, davlat idoralari, kommunal va xizmat koʻrsatish sohalari korxonalari, jamoat uyushmalari va tashkilotlari, jamgʻarmalar doimiy hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

Bu hamkorlik tuman Xalq qabulxonasiga umid bilan murojaat qilib kelgan har bir fuqaroning muammosiga yechim topishni tez va samarali hal etish imkonini bermoqda. Har bir murojaat Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan qabul qilingan qonunlarda belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilib, fuqaroga oʻz vaqtida javob berilishi taʼminlanayotir.

Fuqaro va davlatning manfaatlari, huquqlari va burchlari bilan oʻzaro bogʻliqligi bosh qomusimizda ham belgilab qoʻyilgan. Xalq qabulxonalari aynan mana manfaatlar mushtarakligida fuqaroning manfaatlari toʻgʻri va munosib tarzda taʼminlanishida asosiy koʻprik vazifasini bajarmoqda. Shu bois bugun xalq qabulxonasi fuqarolarning davlat va uning organlari tomonidan eʼtiborga olinmayotgan muammolarini hal etishda, aynan muammoga aloqador organga yetib borishida asosiy yoʻl, deyish mumkin.

Odamlarning ehtiyoj va muammolarini hal etish jarayonida Xalq qabulxonalarining ish uslublari takomillashib borayotir. Endilikda Xalq qabulxonasi faoliyatida faqat idorada oʻtirib fuqarolarni qabul qilish emas, joylarga chiqib sayyor qabullarni tashkil etish, sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni oʻrganish orqali ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash va hal qilish faoliyatini doimiy ravishda muvofiqlashtirib borish, hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholashda ishtirok etish, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini nazorat qilishda ishtirok etish amaliyoti keng oʻrin olayotir. Bu jarayonda nogironligi boʻlgan shaxslar, kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga koʻmaklashishga, ularning muammolarini hal etishga eʼtibor asosiy eʼtibor qaratilmoqda.

Ana shu hamkorlik samarasi oʻlaroq, joriy aprel oyiga qadar Qorakoʻl tuman Xalq qabulxonasiga fuqarolardan uy-joy masalasida 10 ta, moddiy yordam, turli ijtimoiy masalalarda 60 ta, kommunal soha, taʼlim, tibbiy yordam va boshqa masalalarda 110 ta murojaatlar boʻldi. Bu murojaatlarning 120 tasi ijobiy xal etilib, jarayondagi murojaatlarning bajarilishi nazorat qilib borilmoqda.

Misollar:

-M.Otamurotovning oilaviy yashash sharoiti ogʻirligi, oilasida nogiron farzandi borligi, yashash uyi zarar koʻrib, yashashga yaroqsiz, xavfli, avariya holga kelib qolganligi, ushbu masalada bir necha marotaba tegishli tashkilotlarga murojaat qilganligi, ammo natija boʻlmaganligi sababli, uy-joyini taʼmirlashga, yashash uchun xavfsiz holga keltirilishida amaliy yordam soʻrab qilgan murojaatiga asosan uy-joyini taʼmirlash va qurish uchun moddiy yordam ajratilib murojaati ijobiy hal qilindi.

-A.Abdikarimov insult kasalligiga chalinganligi sababli, order olish uchun 2021-yil avgust oyida tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilsada, hech natija boʻlmaganligi, shu sababli order olishda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaatiga asosan fuqaro tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilib, viloyat klinikalarida davolanishi uchun order berilib murojaati ijobiy hal qilindi.

-O.Tursunovning nogironlikka chiqish uchun hujjatlarini topshirsada hozirgi kunga qadar nafaqaga chiqarilmaganligidan norozi boʻlib, ushbu masalada amaliy yordam soʻrab qilgan murojaatiga asosan tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilib, hujjatlari rasmiylashtirilib, nogironlik nafaqasi tayinlab berilib murojaati ijobiy hal qilindi.

-M.Ochilov yashash hududidagi elektr tarmoq uskunalarini (sim ustun, transformator punkti) taʼmirlash va oʻrnatish masalalari yuzasidan amaliy yordam soʻrab qilgan murojaatiga asosan yashash hududidagi qoʻshimcha yangi transformator oʻrnatilib, yaroqsiz sim ustunlari yangisiga almashtirilib, qoʻshimcha sim ustunlari oʻrnatildi va tekshiruvlardan oʻtkazilib murojaati ijobiy hal qilindi.

-M.Roʻziyev yashash hududidagi 2 km. ichki yoʻlni shagʻal yotqizishda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaatiga asosan ushbu nazarda tutilgan yoʻllar toʻliq taʼmirlab berilib murojaati ijobiy hal qilindi.

- A.Nurboyevning yashash uyiga va yana toʻrt nafar qoʻshnilarini uyiga toza ichimlik suvi uchun yangi suv quvuri oʻtkazilmagan, ishlari sifatsiz shu masalada yordam soʻrab qilgan murojaatiga asosan ushbu nazarda tutilgan koʻchasidagi xonadonlarning barchasi ichimlik suvi taʼminotiga ulab berilib murojaati ijobiy hal qilindi.

Bunday misollar koʻplab keltirish mumkin...

Joriy yil davomida 85-marta aholi va yoshlar bilan “Sektor rahbarlari va yoshlar”, “Hokim va yoshlar” “Muammo va yechim” kabi mavzularda uchrashuvlar va sayyor qabullar oʻtkazildi. Bu tadbirlarda aholini qiynab kelayotgan muammolariga oʻz vaqtida yechim topilmoqda.

Misollar:

- G.Jabborovaning oilaviy yashash sharoiti ogʻirligi, oilasida nogiron farzandi borligi, uyning tom qismini shifer qilishda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaatiga asosan uy-joyini taʼmirlash va qurish uchun qurilish materiallari ajratildi.

- H.Holliyevning oilaviy yashash sharoiti ogʻirligi, yashash xonadoni uy-joylari yongʻin oqibatida zarar koʻrganligi sababli, taʼmirlashga amaliy yordam soʻrab qilgan murojaatiga asosan uy-joyini taʼmirlash va qurish uchun moddiy yordam va qurish uchun qurilish materiallari ajratildi.

- M.Saylixonovaning jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun order olish uchun yordam soʻrab qilgan murojaatiga asosan fuqaro tibbiy tekshiruvlardan oʻtkazilib, viloyat koʻp tarmoqli markazida davolanishi uchun order berilib murojaati ijobiy hal qilindi.

- J.Azimovning yashash hududidagi elektr tarmoq uskunalarini (sim ustun) taʼmirlash va yangi oʻrnatish masalalari yuzasidan amaliy yordam soʻrab qilgan murojaatiga asosan yashash hududidagi transformator toʻliq taʼmirlanib, yaroqsiz sim ustunlari yangisiga almashtirilib, qoʻshimcha temir sim ustunlari oʻrnatildi va tekshiruvlardan oʻtkazilib murojaati ijobiy hal qilindi.

- Gʻ.Xuddayevning yashash hududidagi qishloq vrachlik punktiga olib boruvchi ichki yoʻlni taʼmirlashda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaatiga asosan ushbu nazarda tutilgan yoʻllar toʻliq taʼmirlab asfalt qilib berilib murojaati ijobiy hal qilindi.

-N.Bozorovaning yashash koʻchasiga ichimlik suvi oʻtmagan xonadonlarga ichimlik suvi tarmogʻi oʻtkazishni soʻrab qilgan murojaatiga asosan ushbu nazarda tutilgan koʻchasidagi xonadonlarning barchasi ichimlik suvi taʼminotiga ulab berilib murojaati ijobiy hal qilindi.

Bunday misollar koʻplab keltirish mumkin...

Bundan tashqari, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ni shakllantirish, unga aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini kiritish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlashda ham oʻzaro hamkor tashkilotlar bilan uyma-uy yurib, xatlov ishlari amalga oshirilmoqda.

Ammo erishilgan natijalar bilan maqtanish emas, kelgusidagi faoliyatimiz rejalarini ham tuzish uchun muhimdir. Yurtboshimizning Konstitutsiyamizning 28 yilligi munosabati bilan yoʻllagan tabrigida kelgusida “Yangi Oʻzbekiston” tushunchasi va shu nom ostida dunyoga yanada tanilayotgan davlatimiz va uning yanada rivojlanishi uchun oldinda bajarilishi lozim boʻlgan eng muhim ishlarni besh yoʻnalishda keltirib oʻtdi.

Bu yoʻnalishda, albatta, Xalq qabulxonalarining zimmasida katta masʼuliyat turibdi. Endilikda biz ham bu vazifalarining bajarilishini taʼminlashda fuqaro va davlat oʻrtasida adolatli, tezkor va ishonchli tizimga aylanmogʻimiz zarur.

Avliyoqul Oqqiyev,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

Qorakoʻl tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri