So'rov natijalariga birinchi beshlik:  1-o'rin — Zo‘r TV (11,8%), 2-o'rin — Sevimli (9,6%), 3-o'rin — My5 (9,4%), 4-o'rin — Milliy TV (6,9%), 5-o'rin — Futbol TV (6,8%).

Milliy telekanallar orqali efirga uzatiladigan ko'rsatuv va dasturlar haqidagi fikrlar tahlili shuni ko'rsatdiki, birinchi beshlik: 1-o'rin — yangiliklar, axborot dasturlari (12,1%), 2-o'rin — teleseriallar (11,4%), 3-o'rin — “Hafa bo‘lish yo‘q” (Zo‘r TV), 4-o'rin — sport teledasturlari, futbol, (9,5%) 5-o'rin — "Munosabat" (O'zbekiston) (8,3%).

SHuningdek, telekanallar axborot dasturlarining ham fuqarolar orasidagi mashhurligi o'rganildi. Unga ko'ra, birinchi beshlik: 1-o'rin — «Markaziy studiya» (My5); 2-o'rin — «Zamon» (Sevimli); 3-o'rin — «Axborot 24» (O‘zbekiston 24), 4-o'rin — «UzReport news» (Uzreport TV); 5-o'rin — «Davr» (Yoshlar) informatsion dasturlaridan iborat bo'ldi.