"Sardoba tumanidagi 6-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining ingliz tili xonasini qayta taʼmirlash va zamonaviy jihozlashga tadbirkor Achilov Zoirjon homiyligi yordamida taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Yurtboshimizning “Yangi Oʻzbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi” shiori ostida olib borilayotgan islohotlariga oʻz hissasini qoʻshayotgan shu kabi tadbirkorlarga Sirdaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi nomidan cheksiz minatdorchilik bildiramiz", — deyiladi xabarda.