Namangan va Xorazm viloyatlarida shu kabi tandem boʻlgani sababli boshqa hududlarga nisbatan maktablar masalasiga eʼtibor kuchliroq boʻlib kelgan. Shuning uchun ham, “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” bayrami arafasida qator pedagoglar bilan birga ushbu ikki viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi rahbarlari “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan edi.
Quyidagi jadvalga eʼtibor bersangiz, bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalariga kirish koʻrsatkichlari boʻyicha birinchi 5 talik hududlar orasida eng katta oʻsish ham aynan Namangan va Xorazmda kuzatilmoqda.

Barcha maktablarda OTMga yoʻnaltirish ishlariga alohida eʼtibor qaratilgani sababli bu yil umumiy bitiruvchilarning soni 1,59 barobar ortgan boʻlsada, OTMga kirgan bitiruvchilar soni 2,02 barobar ortgan.
Tashqi omillar deyarli barcha hududga bir xil taʼsir qiladi (kvotalarning oshishi, kitoblar, DTM testlari va h.k.), lekin aynan shu ikki hududda koʻrsatkichlarning oʻsish surʼati boshqa hududlarnikidan ancha yuqori boʻlganiga Namangan viloyatining oʻrni oʻtgan yildagiga nisbatan 4 pogʻonaga koʻtarilgan, Xorazmniki esa 2 pogʻonaga.
Ushbu oddiy misolni oʻzi Prezidentimiz tomonidan viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi rahbarlarini viloyat hokimining maslahatchisi sifatida mavqeini koʻtarilishi hamda hokimlarga kamida 30-40 foiz vaqtlarini maktablarga yordamga sarflashlari boʻyicha koʻrsatma berilishi bejizga emasligini koʻrsatmoqda.
Viloyat (tuman) hokimi xalq taʼlimi boshqarmasi (boʻlimi) rahbarini haftasiga kamida bir marotaba qabul qilib, muammolarini yechishda yordam bersa, albatta, oʻsha hududda taʼlim yoʻnalishida rivojlanish boʻladi. Hokim tomonidan eʼtibor berilmasa yoki viloyat (tuman) xalq taʼlimi rahbari muammolarni toʻgʻri tahlil qilib hokimga tushuntira bilmasa, joylarda ijobiy oʻzgarish boʻlishi juda qiyin.
PS. Bu tezkor yigʻilgan maʼlumotlar. Superkontrakt hamda yangi ochilayotgan xususiy va xorijiy universitetlar qabullari natijalari boʻyicha Toshkent shahri (hamda baʼzi hududlar) koʻrsatkichida yil yakunigacha qoʻshimcha oʻzgarishlar boʻlishi mumkin.
PPS. OTMga umuman kirmagan maktablar soni deyarli 3 barobarga kamaydi, bu boʻyicha alohida batafsil maʼlumot beramiz.