Xalq taʼlimi vaziri shaxsiy namuna sifatida ishxonaga piyoda kelishni sinab koʻrdi

    Salomatlik 10 Noyabr 2020 2320

    Bu haqda u ijtimoiy tarmoqlardagi oʻz sahifasida yozdi.

    Sogʻlom turmush tarzi boʻyicha shaxsiy namuna koʻrsatish oson emas ekan...

    Yaqinda Prezidentimiz tomonidan sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda rahbarlar oʻzi shaxsiy namuna koʻrsatishi zarurligi boʻyicha oʻziga xos chaqiriq boʻlgandi.

    Yakshanba kuni peshinda Xorazmdan qaytgach, tushlikdan soʻng ishxonaga yayov yurib borishni bir tekshirib koʻrishga harakat qildim. Taxminan 2 soatlarda 9 kilometrni bemalol yurib borsa boʻlar ekan. Albatta, birdan koʻp yurilganiga ertasiga ozgina oyoq ogʻrigʻi boʻldiyu, keyin oʻtib ketdi. Ertasi kuni esa odam oʻzini ancha tetik xis qilib, yana yayov yurgisi kelarkan.

    Yoʻlda xursand boʻlganim, Botanika bogʻiga oilaviy kelib, aylanadiganlar juda koʻpayibdi.

    Yangi binoga koʻchib oʻtganimizdan keyin, ishxonada ham 8 qavatga liftdan foydalanmay chiqishni yoʻlga qoʻygandim. Keyin zinadan foydalanish xodimlar orasida ommalashdi. Shuning uchun ham, shaxsiy namuna deyilgani bejizga emas.

    Nasib qilsa, pandemiyadan qutilib, davlat ishidagi rahbar kadrlarda sogʻlom turmush tarziga rioya qilish boʻyicha shaxsiy namuna koʻrsatishiga yana-da koʻproq vaqt boʻladi.