Maktabda oʻquvchilar tomonidan yaratilgan qoʻl ishlari, tikuvchilik, toʻquvchilik, duradgorlik ishlari namunalarini koʻzdan kechirdi. Maktablarda olib borilayotgan qoʻshimcha mashgʻulotlarni kuzatdi.
Xalq taʼlimi vaziri oʻqituvchi va pedagoglar jamoasi bilan suhbatlashib, ularga taʼlim sifatini yaxshilash borasida oʻz tavsiyalarini berdi hamda ushbu maktablar bitiruvchilarini kelgusi hayotdagi oʻrnilarini topishlariga koʻmaklashish boʻyicha pedagogik jamoa tomonidan qoʻshimcha takliflar berilishini soʻradi.
Tashrif yakunida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan mazkur maktab internatlarining har biriga toʻplam oʻquv xona jihozlari hamda badiiy asarlar toʻplami sovgʻa qilindi.











