Hurmatli oʻqituvchilar, Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan 30 million soʻm mukofotga ega boʻling!
Oʻqituvchilarga bunday qoʻshimcha imkoniyat uchun Kasaba uyushmalari Federatsiyasiga minnatdorchilik bildiramiz va boshqa tashkilotlarni ham oʻqituvchilar uchun shu kabi tanlovlar va qoʻshimcha ragʻbatlantirishlar tashkil etishda hamkorlikka chaqiramiz!
Tanlov haqida maʼlumotlar:
Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi matematika, fizika, kimyo, biologiya, ingliz tili, informatika va axborot texnologiyalari fanlari oʻqituvchilari oʻrtasida “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mukofoti laureati” Respublika tanlovi oʻtkazmoqda.
Uch bosqichda oʻtkaziladigan mazkur tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan nomzodlar tegishli hujjat va materiallarni 2021-yilning 20-aprelidan 20-mayiga qadar onlayn tarzda www.ustozfondi.uz sayti orqali topshirishlari mumkin.
Tanlov ishtirokchilari:
dars berayotgan fani boʻyicha oliy maʼlumotga, birinchi yoki oliy malaka toifasiga hamda kamida 5 yillik pedagogik ish faoliyatiga ega boʻlishlari zarur.
Tanlov gʻoliblariga har bir nominatsiya boʻyicha quyidagi mukofotlar topshiriladi:
1-oʻrin uchun “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mukofoti laureati” koʻkrak nishoni va 30 mln soʻm pul mukofoti;
2-oʻrin uchun maxsus diplom va 20 mln. soʻm pul mukofoti;
3-oʻrin uchun maxsus diplom va 10 mln. soʻm pul mukofoti.
Tanlov gʻoliblari Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi bayrami arafasida eʼlon qilinadi.
Gʻoliblarga mukofotlar 2021-yil 11-noyabr - Kasaba uyushmalari kuni bayrami munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirda tantanali ravishda topshiriladi.
Tanlov toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni +998974201044 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.