Xususan, tumandagi 1-maktabda bo'lib, o'quvchilar uchun yaratilgan sharoit va mavjud muammolar o'rganildi.
Ayni vaqtda ushbu maktabda 2400 nafardan ziyod o'quvchi ikki navbatda ta'lim olmoqda. Tuman hokimligi bilan birgalikda yangi o'quv yiliga qadar maktabda qo'shimcha o'quvchi o'rni yaratishga kelishib olindi.
Pedagoglar bilan muloqotda esa kuni kecha Prezidentimiz tomonidan imzolangan kelgusi 5 yilda xalq ta'limi sohasini rivojlantirish milliy dasturini amalga oshirishga oid Farmon va Qarorlarining ahamiyati haqida suhbatlashildi.
Shuningdek, o'quvchilarni ma'naviy etuk inson qilib tarbiyalashda o'qituvchilar mas'uliyati, mamlakat taraqqiyoti pedagoglarga bog'liq ekanligi, kasb-hunarga yo'naltirishda 5-6 ta kasb bilan chegaralanmasdan, o'quvchilarni ko'proq kasblar bilan tanishtirish zarurligi ta'kidlandi. Shundagina bitiruvchilar farovon hayotga erishib, Oltiariq tumani, qolaversa Farg'ona viloyati va mamlakatimiz taraqqiy etishi haqida tushuncha berildi.
Suhbat so'ngida mazkur maktabda uzoq yillar davomida ishlab kelayotgan ikki nafar tajribali pedagog - Atham Yuldoshev va Fotima Yuldoshevalarga noutbuk taqdim etildi.