Hozirgi vaqtda bizning oldimizda bolalarimizga oʻquv yilining boshlanishi bilan bogʻliq mumkin boʻlgan psixologik toʻsiqlarni yengishga bilan bogʻliq muhim vazifa turibdi", deyiladi vazirlik axborot xizmati tarqatgan murojaatda.

Taʼlim ikki xil shakda boʻlishini inobatga olsak, kkki holatda ham bolalar qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻladi. Birinchi holda, uning sinfdoshlari odatdagidek maktabga borishi bilan bogʻliq, boshqa holatda, bolaning yaqin doʻsti masofadan turib oʻqishi. Noqulaylikning bunday sabablari juda koʻp.

Siz bilan bizning vazifamiz bolaga qiyin inqiroz holatida yordam berishdir.

Ota-onalar, bolalarning yaqinlari, uyda boʻlganlarida, bolaga qiyin vaziyatlarni yengish, ularga qarshi kurashish koʻnikmalarini singdirishi va mumkin boʻlgan stressni yengishga oʻrgatishi mumkin.

Buning uchun ota-onalarga quyidagilar kerak:

Oilada qulay, xotirjam va xayrixoh muhitni saqlash va rivojlantirish. Qiyin vaziyatlarda vahima qoʻzgʻamaslik havotirga tushmaslik, “qora chiziq har doim oq bilan almashishini” yodda tutish kerak. Oila aʼzolarining xayrixohligi va xotirjamligi bolaga ishonch berish va vaziyatni barqarorlashtirishga yordam beradi.

Muntazam ravishda farzandingiz bilan uning hissiyotlari, havotirlari bilan bogʻliq mavzularda suhbatlashing. Yaqin va uzoq kelajakni muhokama qilishni unutmang. Farzandingiz bilan suhbatlashib uning kelajak istiqbollarini yaratishga harakat qiling (lekin majburan emas).

Oʻzingizning tajribalaringiz, fikrlaringiz bilan oʻrtoqlashing, hayotis voqealarni aytib bering, shu jumladan oʻzingiz va doʻstlaringiz qiyin hayotiy vaziyatlarni yengib oʻtganingiz haqida.

Oddiy yurakdan suhbat bolada oʻziga ishonch tuygʻusini ortishiga olib kelishi mumkin. Hamdard boʻling, hozir unga qanchalik qiyinligini tushunishingizni ayting. Ota-onasining koʻmagi va hamdardligini his qilgan bolalar stressni muvaffaqiyatli yengadi.

Bolani oʻz his-tuygʻularini ijtimoiy maqbul shakllarda ifoda etishga oʻrgating (tajovuzni - faol sport turlari, uyda yoki koʻchada oʻtkazilishi mumkin boʻlgan jismoniy mashqlar; havotirlarini – yaqinlari bilan suhbat orqali).

Bola (ayniqsa, oʻspirin) uchun koʻpincha oʻz tajribalarini ota-onalari yoki tengdoshlari bilan baham koʻrish qiyin kechadi. Shu maqsadda bolangizni daftar ochishga taklif qiling, unda u oʻz havotirlari haqida yozadi. Hissiyotlarni qogʻozga tushirgandan soʻng, u mumkin boʻlgan salbiy fikrlardan xalos boʻlib, yengillashadi, deyiladi xabarda.