“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan taqdim etilayotgan dastlabki tikuv mashinalari Qashqadaryo viloyatida joylashgan imkoniyati cheklangan bolalar tahsil olayotgan maktablarga yetkazildi. 

Ushbu tikuv mashinalari viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i hamda Uyushmaning hududiy rahbari tomonidan ta’lim muassasalariga topshirildi. 

Bu xayrli tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad, maxsus maktab-internatlarda ta’lim olayotgan o‘quvchi-qizlarni tikuvchilik kasbiga o‘rgatish hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topishlariga munosib sharoit yaratishdan iboratdir.

Respublikamizning qolgan hududlaridagi ta’lim muassasalariga ham mazkur tikuv mashinalarini bosqichma-bosqich yetkazib berilishi rejalashtirilgan.