➖ Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlaridagi navbatlilik koeffitsiyenti past boʻlgan maktablar tajriba-sinov tariqasida xususiy sektor vakillariga 5 yilga ishonchli boshqaruvga beriladi;

➖ oʻquvchilari xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblik (oltin, kumush, bronza medali)ni qoʻlga kiritgan pedagoglarga toʻgʻridan-toʻgʻri oliy malaka toifasi beriladi;

➖ umumtaʼlim muassasalari pedagoglariga 2020-yil 1-noyabrdan boshlab sinf (guruh) rahbarligi uchun toʻlovlar 1,5 baravarga oshiriladi;

➖ 2021-yil 1-apreldan boshlab hududiy xalq taʼlimi boʻlinmalari metodistlarining ish haqi miqdori oliy toifali oʻqituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi;

➖ 2024/2025 oʻquv yiliga qadar faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan pedagoglarning oylik maoshi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 15 baravarigacha bosqichma-bosqich oshirib boriladi;

➖ Maktab bitiruvchilarining oʻqishga kirish hamda ishga joylashish koʻrsatkichlari asosida maktabning rahbar xodimlarini turli miqdorlarda ragʻbatlantirish yoʻlga qoʻyiladi;

➖ maktab, kollej, litsey bitiruvchilarining shahodatnomasi (diplom ilovasi)dagi majburiy 11 yillik taʼlimning soʻnggi 6 yillik baholarining oʻrtacha koʻrsatkichi kiritiladi va ushbu koʻrsatkich OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinadi;

➖2021-yil 1-yanvardan boshlab maktab direktorlarini lavozimga tayinlash, ularga nisbatan intizomiy jazo qoʻllash hamda ish beruvchining tashabbusiga koʻra lavozimidan ozod etish tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

➖ milliy reytingida soʻnggi 5 yil davomida doimiy ravishda birinchi 3 ta oʻrindan birini egallagan OTMlarga oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash boʻyicha akademik va moliyaviy mustaqillik berish hamda mustaqillik mezonlari Yevropa universitetlari assotsiatsiyasi standartlariga muvofiq qabul qilish;

➖ milliy reytingida birinchi 10 ta oʻrindan birini egallagan OTMlarga mavjud ixtisosliklar boʻyicha ilmiy unvonlarni mustaqil berish vakolatini berish;

➖ 2021-yil 1-sentyabrga qadar har bir hududda nodavlat, jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida kamida bittadan OTMlar tashkil qilish;

➖ 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab OTMlar qaroriga muvofiq nomutaxassislik fanlari modul tizimi asosida oʻqitish;

➖ 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab xorijiy talabalarni OTMlarga oʻqishga qabul qilishni yilda 2-marta semestrning boshida tashkil qilish.

Farmonning toʻliq matni quyidagi manzil orqali tanishish mumkin: https://regulation.gov.uz/ru/d...